Dollar, yevro va rubl kursi birdan pasaydi
Jamiyat
−
06 May 2022 29165 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 7 may kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 16,66 so‘mga tushib, 11 115,90 so‘mni tashkil qildi.
So‘m yevroga nisbatan mustahkamlandi, 1 yevro 47,67 so‘mga arzonladi va 11 750,62 so‘m etib belgilandi.
Rubl kursi ham pasaydi. Xususan, 1 rubl 2,49 so‘mga tushib, 167,34 so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta 16 mart kuni dollar kursi 11 200 so‘mdan past bo‘lgan edi.
Live
Barchasi
Ohangaronda yuk mashinasi yonib ketdi
01 Noyabr