Dollar kursi yana ko‘tarildi
Jamiyat
−
11 Oktabr 2023
17910O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 12 oktyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 15,87 so‘mga oshdi va 12 216,09 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 20,49 so‘mga ko‘tarilib, 12 955,16 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi esa 0,25 so‘mga tushib, 122,46 so‘mni tashkil etdi.