Dollar va yevro so‘mga nisbatan qadrsizlandi
Jamiyat
−
20 iyun 2022
24975O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 21 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 21,91 so‘mga arzonlab, 10 928,12 so‘mni tashkil qildi.
Yevro ham so‘mga nisbatan qadrsizlandi. Xususan, 1 yevro 6,65 so‘mga pasayib, 11 510,59 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli esa 0,39 so‘mga qimmatlashib, 194,02 so‘mni tashkil etdi.
LiveBarchasi