Dollar va yevro kursi ishonch bilan o‘sishda davom etyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019 yil 25 iyundan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 26 so‘m 60 tiyinga qimmatlashib, 8562 so‘m 34 tiyinga yetdi.

Yevro kursi esa 165 so‘m 96 tiyinga qimmatlashib, 9731 so‘m 96 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 2 so‘m 77 tiyinga qimmatladi, 135 so‘m 34 tiyinga yetdi.

Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

valyuta kursi dollar evro Markaziy bank

Baholaganlar

24

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing