Dollar kursi tushdi

Jamiyat

image

12 martdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 AQSH dollari 8374,10 so‘mni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 18,86 so‘mga arzonlashdi. 

Shuningdek, yevro hamda rubl kursi ham o‘tgan haftaga nisbatan pasaygan. Xususan, 1 yevro kursi 9410 so‘mga baholanib, 135,34 so‘mga, 1 rubl 126,18 so‘mga tenglashib, 1,24 so‘mga arzonlagan.

E’tiborlisi, dollar kursida ketma-ket ikkinchi pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda. O‘tgan haftada dollarning rasmiy kursi 10,23 so‘mga arzonlashgandi.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

dollar evro kurs

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing