O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 19 may kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,64 so‘mga arzonlab, 11 130,57 so‘mni tashkil qildi.
Yevro so‘mga nisbatan mustahkamlandi, 1 yevro 39,20 so‘mga qimmatlab, 11 713,81 so‘m etib belgilandi.
Rubl kursi ham oshdi. Xususan, 1 rubl 2,43 so‘mga qimmatlab, 175,22 so‘mni tashkil etdi.