Dollar narxi o‘sishda davom etadi
Jamiyat
−
20 may 2019
4724O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019 yil 21 maydan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 2 so‘m 76 tiyinga qimmatlashib, 8460 so‘m 92 tiyinga yetgan.
Yevro kursi esa 62 so‘m 5 tiyinga arzonlashib, roppa-rosa 9439 so‘mni tashkil etmoqda.
Bir Rossiya rubli esa 1 so‘m 32 tiyinga qimmatlashib, 131 so‘m 6 tiyinga yetgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 234 so‘m 16 tiyinga arzonlashib, 10 760 so‘m, 60 tiyinni tashkil qilmoqda.
Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.