Dollar kursining pasayishi fonida neft qimmatlashmoqda
Biznes
−
18 Oktabr 2022
10295Bugun, 18 oktyabr kuni xalqaro birjalarda Brent nefti bir barrel uchun 92,30 dollar atrofida baholandi. 17 oktyabrdagi so‘nggi auksionda ushbu markadagi neftning bir barreli narxi 93,21 dollarga yetgandi va kunni 91,62 dollar atrofida yakunladi.
Bugun soat 11:23 holatiga ko‘ra, benchmark neft narxi 0,74 foizga oshib, bir barrel uchun 92,30 dollarni tashkil qildi.
WTI rusumli neft uchun fyuchers narxi bir barrel uchun 85,20 dollarni tashkil etdi.
Narxlarning oshishiga taklifning qisqarishi va dollar indeksining zaiflashishi haqidagi qo‘rquvlar ta’sir ko‘rsatdi.
Dollar indeksi o‘tgan haftada 113 850 ga ko‘tarilgan bo‘lsa, bugun 111 627 ga tushdi.
LiveBarchasi