Dollar kursi yangi cho‘qqisidan biroz tushdi
Jamiyat
−
24 noyabr 2023 12093 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 27 noyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,82 so‘mga tushdi va 12 296,16 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 34,23 so‘mga pastlab, 13 406,50 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi 1,33 so‘mga tushib, 138,26 so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 noyabr kuni dollarning so‘mga nisbatan rasmiy qiymati ilk marta 12 300 so‘mdan oshgandi.