Dollar kursi yana tushdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 24,58 so‘mga tushdi va 11 909,66 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 2,99 so‘mga pasayib, 13 588,92 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,7 so‘mga tushdi va 152,28 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 2,23 so‘mga tushib, 1754,23 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 10 ming 500 so‘mga pasaydi va 1 mln 837 ming 900 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 2 iyul Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 29 mln 9 ming 181 so‘mga oshdi va 728 mln 795 ming 73 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing