Dollar kursi yana pasayishni boshladi
Jamiyat
−
27 iyun 2022 46701 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 28 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 16,38 so‘mga pasayib, 10 823,52 so‘mni tashkil qildi.
Yevro so‘mga nisbatan mustahkamlandi. Xususan, 1 yevro 0,03 so‘mga qimmatlab, 11 439,38 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,17 so‘mga oshib, 203,16 so‘mni tashkil etdi.
Live
Barchasi