Dollar kursi yana pasaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 6 may kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 29,40 so‘mga tushib, 11 132,56 so‘mni tashkil qildi.

So‘m yevroga nisbatan mustahkamlandi, 1 yevro 8,83 so‘mga arzonladi va 11 798,29 so‘m etib belgilandi.

Rubl kursi esa oshdi. Xususan, 1 rubl 12,31 so‘mga qimmatlab, 169,83 so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta 16 mart kuni dollar kursi 11 200 so‘mdan past bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1277

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing