Dollar kursi yana pasaydi
Jamiyat
−
17:54 745 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 11 sentyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,45 so‘mga tushdi va 11 783,47 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 51 so‘mga pasayib, 13 688,86 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 1,7 so‘mga ko‘tarildi va 139,70 so‘mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 1,77 so‘mga tushib, 1757,07 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 3 ming 800 so‘mga oshdi va 1 mln 809 ming 300 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 9 sentyabr Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 20 mln 954 ming 214 so‘mga tushdi va 915 mln 762 ming 977 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi