Dollar kursi yana pasaydi
Jamiyat
−
16:32 2417 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 31 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 28,87 so‘mga tushdi va 12 006,39 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 54,76 so‘mga ko‘tarilib, 13 765,33 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 1,02 so‘mga arzonlashdi va 150,44 so‘mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 1,62 so‘mga pasayib, 1777,38 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 1 ming 100 so‘mga tushdi va 1 mln 836 ming 900 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 30 iyul Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 2 mln 641 ming 59 so‘mga tushdi va 774 mln 519 ming 66 so‘m etib belgilangan.