Dollar kursi yana oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 23,34 so‘mga ko‘tarildi va 12 236,13 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi ham 28,77 so‘mga oshdi va 14 439,86 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli esa 0,42 so‘mga tushdi va 159,10 so‘mni tashkil etdi.

Xitoy yuani 3,38 so‘mga ko‘tarildi va 1771,32 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 5 ming 900 so‘mga oshdi va 2 mln 56 ming 200 so‘mni tashkil qildi. 

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun 23 fevral Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 17 mln 764 ming 436 so‘mga tushgan va 811 mln 442 ming 576 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

dollar oltin bitkoin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing