Dollar kursi yana ko‘tarildi
Jamiyat
−
17:38 704 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 8 oktyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,4 so‘mga oshdi va 11 809,19 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 79,64 so‘mga pasayib, 13 206,22 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,37 so‘mga oshdi va 138,15 so‘mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 2,75 so‘mga ko‘tarilib, 1761,36 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 2 ming 200 so‘mga tushdi va 1 mln 797 ming 700 so‘mni tashkil qildi.
Live
Barchasi