Dollar kursi yana ko‘tarildi
Jamiyat
−
17:38 753 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 sentyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 16,82 so‘mga oshdi va 11 830,87 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 31,67 so‘mga pasayib, 13 450,52 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,66 so‘mga tushdi va 139,27 so‘mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 1,17 so‘mga qimmatlab, 1762,49 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 3 ming 400 so‘mga tushdi va 1 mln 800 ming so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 24 sentyabr Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 21 mln 180 ming 764 so‘mga tushdi va 988 mln 337 ming 350 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi