Dollar kursi yana ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 17 sentyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 22,54 so‘mga oshdi va 11 797,46 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 20,11 so‘mga ko‘tarilib, 13 608,37 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,6 so‘mga oshdi va 139,77 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 4,57 so‘mga qimmatlab, 1758,98 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 700 so‘mga oshdi va 1 mln 800 ming 600 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 16 sentyabr Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 9 mln 804 ming 203 so‘mga tushdi va 895 mln 592 ming 849 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing