Dollar kursi yana ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 53 so‘mga oshdi va 12 101,84 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 70,13 so‘mga ko‘tarilib, 13 811,83 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,87 so‘mga oshdi va 153,75 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 8,65 so‘mga ko‘tarilib, 1787,65 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 900 so‘mga oshdi va 1 mln 838 ming 300 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 23 iyul Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 1 mln 687 ming 1 so‘mga oshdi va 795 mln 47 ming 801 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing