Dollar kursi yana ko‘tarildi
Jamiyat
−
15 aprel 2534 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16 aprel kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 49,05 so‘mga oshdi va 12 190,45 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 49,29 so‘mga ko‘tarildi va 14 362,76 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 1,83 so‘mga oshdi va 162,09 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 5,88 so‘mga ko‘tarildi va 1787,06 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 23 ming 900 so‘mga oshdi va 1 mln 925 ming 400 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 14 aprel Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 2 mln 193 ming 704 so‘mga tushdi va 901 mln 23 ming 850 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi