Dollar kursi yana ko‘tarildi
Olam
−
27 mart 8542 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30 mart kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 15,63 so‘mga oshdi va 12 195,50 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 30,71 so‘mga tushdi va 14 049,22 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 1,19 so‘mga ko‘tarildi va 149,71 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 1,93 so‘mga oshdi va 1763,46 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 48 ming 300 so‘mga tushdi va 1 mln 790 ming 700 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 27 mart Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 36 mln 802 ming 655 so‘mga tushgan va 809 mln 333 ming 370 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi