Dollar kursi yana ko‘tarildi
Jamiyat
−
05 fevral 10985 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 6 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 13,71 so‘mga oshdi va 12 279,48 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 16,2 so‘mga ko‘tarildi va 14 508,21 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,18 so‘mga oshdi va 159,25 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 1,98 so‘mga ko‘tarildi va 1768,82 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 11 ming 400 so‘mga tushdi va 2 mln 4 ming so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 5 fevral Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 65 mln 485 ming 884 so‘mga tushgan va 868 mln 665 ming 576 so‘m etib belgilangan.