Dollar kursi yana ko‘tarildi
Jamiyat
−
11 dekabr 11131 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 12 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 26,55 so‘mga oshdi va 12 047,45 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 110,41 so‘mga ko‘tarilib, 14 099,13 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 3,59 so‘mga tushdi va 151,90 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 5,16 so‘mga balandladi va 1706,90 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 100 so‘mga tushdi va 1 mln 669 ming 500 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 11 dekabr Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 21 mln 36 ming 555 so‘mga tushgan va 1 mlrd 88 mln 24 ming 805 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi