Dollar kursi yana qimmatladi
Jamiyat
−
08 avgust 38336 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 11 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 79,04 so‘mga oshdi va 12 672,81 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 55,50 so‘mga ko‘tarildi va 14 753,69 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli esa 0,40 so‘mga yuqorilab, 158,89 so‘mni tashkil etdi.