Dollar kursi tushdi

O‘zbekiston

−

11 Fevral 2019 visibility25762 timer1 daqiqa

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 12 fevral kunidan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, bir AQSH dollari 8395 so‘m 15 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi ko‘rsatkichga nisbatan 6 so‘m 38 tiyinga arzonladi.

Yevro kursi esa 113 so‘m 08 tiyinga arzonlab, 1 yevro 9510 so‘m 03 tiyinni tashkil etdi.

1 Rossiya rubli narxi 127 so‘m 67 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftaga nisbatan 68 tiyinga arzonladi.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

67

Reyting

2.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing