Dollar kursi to‘rt kunlik o‘sishdan keyin pasaydi
Jamiyat
−
08 iyun 2022
13492O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 9 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 6,98 so‘mga arzonladi va 11 039,96 so‘mni tashkil qildi.
1 yevro esa 21,25 so‘mga oshdi va 11 817,17 so‘m etib belgilandi.
Rubl kursi ham qimmatladi. Xususan, 1 rubl 3,05 so‘mga oshib, 183,31 so‘mni tashkil etdi.
LiveBarchasi