Dollar kursi pasaydi
Jamiyat
−
16:15 2639 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 5 mart kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 30,05 so‘mga tushdi va 12 179,81 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 31,22 so‘mga pasaydi va 14 139,54 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,08 so‘mga tushdi va 156,73 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 6,7 so‘mga pasaydi va 1762,79 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 46 ming 300 so‘mga tushdi va 2 mln 126 ming 500 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun 4 mart Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 53 mln 446 ming 237 so‘mga oshgan va 869 mln 446 ming 662 so‘m etib belgilangan.