Dollar kursi pasaydi
Jamiyat
−
17:44 953 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 10,69 so‘mga tushdi va 11 937,89 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 24,28 so‘mga pasayib, 13 769,16 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 2,53 so‘mga tushdi va 141,76 so‘mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 1,42 so‘mga arzonlab, 1770,39 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 1 ming 200 so‘mga tushdi va 1 mln 8278 ming 700 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 13 avgust Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 9 mln 431 ming 432 so‘mga tushdi va 756 mln 853 ming 548 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi