Dollar kursi pasaydi
Jamiyat
−
16:19 2962 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 17 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 24,45 so‘mga tushdi va 12 105,56 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 12,97 so‘mga pasayib, 14 232,51 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,48 so‘mga tushdi va 152,56 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 2,13 so‘mga balandladi va 1719,12 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 5 ming 700 so‘mga oshdi va 1 mln 729 ming so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 16 dekabr Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 37 mln 47 ming 775 so‘mga tushgan va 1 mlrd 52 mln 662 ming 905 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi