Dollar kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
17:44 828 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 6 oktyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,34 so‘mga oshdi va 11 790,79 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 86,93 so‘mga ko‘tarilib, 13 285,86 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,57 so‘mga tushdi va 137,78 so‘mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 1,84 so‘mga ko‘tarilib, 1758,61 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 4 ming 100 so‘mga tushdi va 1 mln 799 ming 900 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 6 oktyabr Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 3 mln 483 ming 744 so‘mga oshdi va 1 mlrd 15 mln 826 ming 400 so‘m etib belgilangan.