Dollar kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
27 aprel 2452 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 28 aprel kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 52,48 so‘mga oshdi va 12 072,96 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 128,95 so‘mga ko‘tarildi va 14 177,28 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 2,4 so‘mga oshdi va 161,17 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 11,04 so‘mga ko‘tarildi va 1769,37 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa ming 100 so‘mga oshdi va 1 mln 874 ming 800 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 27 aprel Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 2 mln 859 ming 52 so‘mga oshdi va 939 mln 998 ming 352 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi