Dollar kursi ketma-ket yettinchi kun ko‘tarildi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14 oktyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,26 so‘mga oshdi va 11 930,35 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 30,24 so‘mga ko‘tarilib, 13 328,66 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,68 so‘mga oshdi va 142,39 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 1,87 so‘mga ko‘tarilib, 1779,76 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 200 so‘mga tushdi va 1 mln 804 ming 200 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 13 oktyabr Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 993 mln 780 ming 930 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing