Dollar kursi ketma-ket o‘ninchi kun ko‘tarildi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 17 oktyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 44,25 so‘mga oshdi va 12 055,90 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 109,87 so‘mga ko‘tarilib, 13 572,53 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,99 so‘mga oshdi va 144,16 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 7,9 so‘mga ko‘tarilib, 1803,07 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 5 ming so‘mga oshdi va 1 mln 805 ming 700 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 16 oktyabr Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 61 mln 587 ming 399 so‘mga tushdi va 991 mln 885 ming 400 so‘m etib belgilangan.

 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing