Dollar kursi ketma-ket uchinchi kun tushdi
Jamiyat
−
31 iyul 2136 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 46,21 so‘mga tushdi va 11 960,18 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 3,95 so‘mga pasayib, 13 761,38 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,02 so‘mga arzonlashdi va 150,42 so‘mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 5,84 so‘mga pasayib, 1771,54 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 400 so‘mga oshdi va 1 mln 837 ming 300 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 31 iyul Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 10 mln 753 ming 466 so‘mga tushdi va 763 mln 765 ming 600 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi