Dollar kursi ketma-ket tushishdan so‘ng yana ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 17 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 32,29 so‘mga oshdi va 12 012,12 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 30,27 so‘mga ko‘tarilib, 13 935,26 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 1,13 so‘mga oshdi va 166,12 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 4,94 so‘mga ko‘tarilib, 1 777,86 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 1 ming 500 so‘mga oshdi va 1 mln 849 ming 700 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 15 iyun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 9 mln 465 ming 258 so‘mga oshdi va 798 mln 617 ming 820 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing