Dollar kursi ketma-ket tushishdan so‘ng ko‘tarildi
Jamiyat
−
19 fevral 7497 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 20 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 36,93 so‘mga ko‘tarildi va 12 169,41 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 0,1 esa so‘mga pasaydi va 14 359,90 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 0,14 so‘mga tushdi va 158,95 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 0,34 so‘mga oshdi va 1761,46 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 23 ming 900 so‘mga oshdi va 2 mln 11 ming 100 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun 19 fevral Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 9 mln 102 ming 217 so‘mga tushgan va 812 mln 925 ming 707 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi