Dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi kun tushdi
Jamiyat
−
17:40 622 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15 sentyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 0,55 so‘mga tushdi va 11 765,21 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 52,41 so‘mga pasayib, 13 586,46 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,36 so‘mga tushdi va 139,35 so‘mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 0,13 so‘mga pasayib, 1753,78 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 1 ming 100 so‘mga oshdi va 1 mln 803 ming so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 14 sentyabr Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 11 mln 482 ming 640 so‘mga oshdi va 915 mln 846 ming 425 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi