Dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi kun pasaydi
Jamiyat
−
31 mart 2022
14599Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 1 aprel kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, so‘m dollarga nisbatan yana biroz mustahamlandi. O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 5,19 so‘mga pasaydi. Joriy yilning 1 aprelidan boshlab rasmiy kurs 11 395,02 so‘m etib belgilanmoqda.
Bir necha kungi o‘sishdan so‘ng yevro ham arzonlashdi. 1 yevro 12 661,01 so‘m (-46,80) etib belgilandi.
Rubl hamon so‘mga nisbatan mustahkamlanishda davom etmoqda. Xususan, 1 rubl 3,10 so‘mga ko‘tarilib, 139,18 so‘mni tashkil etmoqda.
LiveBarchasi