Dollar kursi ketma-ket oltinchi kun pasaydi
Jamiyat
−
15 iyun 2022 20919 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 16 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Dollarning rasmiy kursi 14,91 so‘mga arzonladi va 10 960,11 so‘mni tashkil qildi.
Yevro esa so‘mga nisbatan mustahkamlandi. 1 yevro 50,21 so‘mga oshib, 11 502,64 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 0,92 so‘mga qimmatlashib, 193,30 so‘mni tashkil etdi.