Dollar kursi ketma-ket ko‘tarilishdan so‘ng tushdi
Jamiyat
−
16:20 6394 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 11 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 10,35 so‘mga tushdi va 12 309,99 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 51,79 so‘mga ko‘tarildi va 14 666,12 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,28 so‘mga oshdi va 159,64 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 1,96 so‘mga ko‘tarildi va 1781,22 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 41 ming 200 so‘mga oshdi va 2 mln 53 ming 200 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 10 fevral Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 326 ming 909 so‘mga oshgan va 847 mln 363 ming 869 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi