Dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushdi
Jamiyat
−
21 noyabr 2023
11038O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22 noyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 7,35 so‘mga tushdi va 12 270,07 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 0,55 so‘mga ko‘tarilib, 13 428,36 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi 0,57 so‘mga oshib, 139,50 so‘mni tashkil etdi.