Dollar kursi ketma-ket beshinchi kun pasaydi
Jamiyat
−
17:39 1013 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24 oktyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 64,23 so‘mga tushdi va 11 838,92 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 80,21 so‘mga pasayib, 13 248,94 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,3 so‘mga oshdi va 147,05 so‘mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 8,53 so‘mga pasayib, 1774,87 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 5 ming 500 so‘mga tushib, 1 mln 795 ming 700 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 23 oktyabr Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 5 mln 913 ming 328 so‘mga tushdi va 966 mln 395 ming 130 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi