Dollar kursi keskin pasaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14 may kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 72,23 so‘mga tushdi va 12 073,42 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi ham 134,36 so‘mga pasaydi va 14 134,35 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,14 so‘mga ko‘tarildi va 164,47 so‘mni tashkil etdi.

Xitoy yuani 9,95 so‘mga pasaydi va 1777,96 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 8 ming 100 so‘mga pasaydi va 1 mln 889 ming 200 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 13 may Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 4 mln 153 ming 375 so‘mga tushdi va 975 mln 438 ming 35 so‘m etib belgilangan.
 


Maqola muallifi

Teglar

dollar oltin bitkoin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing