Dollar kursi keskin pasaydi
Jamiyat
−
17:43 3549 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23 oktyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 62,36 so‘mga tushdi va 11 903,15 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 108,12 so‘mga pasayib, 13 329,15 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,79 so‘mga oshdi va 146,75 so‘mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 8,89 so‘mga pasayib, 1783,40 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 400 so‘mga tushib, 1 mln 801 ming 200 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 22 oktyabr Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 25 mln 991 ming 317 so‘mga tushdi va 972 mln 308 ming 458 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi