Dollar kursi keskin ko‘tarildi
Jamiyat
−
12 dekabr 9838 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 50,48 so‘mga oshdi va 12 097,93 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 95,37 so‘mga ko‘tarilib, 14 194,50 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,13 so‘mga tushdi va 151,77 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 7,73 so‘mga balandladi va 1714,63 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 30 ming 800 so‘mga oshdi va 1 mln 700 ming 300 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 12 dekabr Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 29 mln 871 ming 62 so‘mga oshgan va 1 mlrd 117 mln 895 ming 867 so‘m etib belgilangan.