Dollar kursi qariyb 100 so‘mga pasaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15 may kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 98,06 so‘mga tushdi va 11 975,36 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi ham 113,6 so‘mga pasaydi va 14 020,75 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 1,56 so‘mga tushdi va 162,91 so‘mni tashkil etdi.

Xitoy yuani 13,01 so‘mga pasaydi va 1764,95 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 8 ming 600 so‘mga pasaydi va 1 mln 880 ming 600 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 14 may Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 22 mln 850 ming 735 so‘mga tushdi va 952 mln 587 ming 300 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

dollar oltin bitkoin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing