Dollar kursi 7 kunlik o‘sishdan keyin pasaydi
Jamiyat
−
16 iyul 2022 23274 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan joriy yilning 18 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi yetti kunlik o‘sishdan keyin 11,75 so‘mga pasayib, 10 970,18 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa aksincha yana ko‘tarildi. Xususan, 1 yevro 37,56 so‘mga oshdi va 11 067,81 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining rasmiy kursi ham 1,72 so‘mga qimmatlab, 192,46 so‘mni tashkil etdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr