Dollar kursi 6 kunlik o‘sishdan keyin pasaydi
Jamiyat
−
18 mart 2022 23154 1 daqiqa
Markaziy bank xorijiy valyutalarning joriy yilning 24 mart kuni amalda bo‘ladigan kursini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 1 dollar 62,40 so‘mga arzonlashadi.
Regulyator belgilagan kursga ko‘ra, 24 mart kuni 1 AQSH dollari 11 509,59 (-62,40) so‘mga teng bo‘ladi.
Yevro ham biroz arzonlashadi. 1 yevro 12 726,15 so‘m (-66,68) etib belgilandi.
Oxirgi vaqtlarda xalqaro maydonda eng beqaror valyuta deb topilgan rubl yana so‘mga nisbatan o‘z pozitsiyasini mustahkamlagan. 1 rubl 113,39 so‘m (+2,83).
Live
Barchasi