Dollar kursi 12 ming so‘mdan pasaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 2 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 75,03 so‘mga tushdi va 11 934,24 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 96,26 so‘mga pasayib, 13 591,91 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,77 so‘mga tushdi va 152,98 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 13,38 so‘mga tushib, 1756,46 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 100 so‘mga pasaydi va 1 mln 848 ming 400 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 1 iyul Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 12 mln 311 ming 781 so‘mga tushdi va 699 mln 785 ming 892 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing