Dollar kursi 12 ming so‘mdan oshdi
Jamiyat
−
26 may 2101 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 1 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 4,11 so‘mga ko‘tarildi va 12 001,94 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 5,99 so‘mga balandladi va 13 973,86 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,64 so‘mga tushdi va 166,67 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 0,35 so‘mga balandlagan va 1768,87 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa, 600 so‘mga oshdi va 1 mln 853 ming 800 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 26 may Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 21 ming 448 so‘mga oshdi va 928 mln 205 ming 344 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi